09:55 / 13.07.2020
2 438

Deputat Maqsuda Vorisova karantin choralari kuchaytirilishida fuqarolarni aybladi

Deputat Maqsuda Vorisova karantin choralari kuchaytirilishida fuqarolarni aybladi
Agar aholi karantin choralariga beparvo va tavsiyalarga bepisand bo‘lsa, kasallikni boshqarib bo‘lmay qoladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova 12 iyul kuni «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Deputat Maqsuda Vorisova o‘z chiqishida koronavirus infeksiyasining ko‘payib ketishiga odamlar karantin cheklovlari yumshatilishini noto‘g‘ri tushungani bilan bog‘ladi.

«Biz kasallik yangi tarqalgan mahalda karantin choralarini qat’iy qo‘lladik. Aholimiz karantin choralariga rioya qilib, uyda o‘tirdi va kasallikni uzatilish – yuqish zanjiri kesilgandek bo‘ldi. Aholida mana shu kasallik aniqlanishi keskin kamaygandan keyin karantin choralari birin-sirin yengillatib, yumshatilib borildi. Lekin natijada, aholi o‘rtasida noto‘g‘ri fikr tug‘ilib qoldi – kasallikni biz yengdik, endi yuqmas ekan», – deydi Vorisova.

Maqsuda Vorisova shifokor sifatida masofani saqlash, niqobdan foydalanish, tez-tez qo‘lini yuvish, o‘zini himoyalash, degan tavsiyalarga aholi yetarli darajada e’tibor bermay qo‘yganiga alohida urg‘u berdi.

«Natijada, nafaqat karantin zonalarida balki aholi o‘rtasida kasallik juda tez tarqalib bormoqda va eng yomoni uning og‘ir holatlari ko‘paymoqda, o‘lim holatlarini har kuni eshityapmiz. Agar aholimiz bugungi kunda o‘sha tavsiya qilingan karantin choralariga, gigiyenik tavsiyalarga qat’iy rioya qilsa, biz aholini mana shu holatda, ya’ni kasallikni chegaralangan holatida ushlab qolamiz. Agar karantin choralariga beparvo bo‘lsak, tavsiyalarga bepisand bo‘lsak, kasallik bizni ustimizdan g‘alaba qozonadi va u boshqarib bo‘lmaydigan holatga tushib qolishimiz mumkin», – dedi u.

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusufaliyev sog‘liqni saqlash tizimi o‘zining vazifasini bajarishi, lekin aholi, birinchi navbatda, tartib-intizomga – sanitariya-epidemilogiya talablarga, albatta, rioya qilishi kerakligini aytib o‘tgan edi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Deputat Maqsuda Vorisova karantin choralari kuchaytirilishida fuqarolarni aybladi