13:02 / 19.07.2020
1 830

Ekspert koronavirusga qarshi vaksina kuchi faqat bir necha yilga yetishi mumkinligi haqida gapirdi

Ekspert koronavirusga qarshi vaksina kuchi faqat bir necha yilga yetishi mumkinligi haqida gapirdi
Har bir necha yilda bir marta koronavirusga qarshi emlanishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginzburgga tayanib TASS agentligi xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gripp vaksinasi tez-tez o‘zgarib turishi kabi, ehtimol koronavirusga qarshi vaksinaning antiganik tarkibiga ham o‘zgartirish kiritish kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, Ginzburg kasallikning rivojlanishi monitoring qilinayotgan qisqa kuzatuv davrida ushbu virus o‘z tuzilishini kuchli ravishda o‘zgartirishi haqida hech qanday dalil topilmaganini ta’kidlagan.

Avvalroq, Ginzburg koronavirusga qarshi emlash taqiqlangan asosiy holatlarni sanab o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina immunitet tizimining og‘ir surunkali kasalliklari bo‘lgan odamlar uchun mos emas. Autoimmun kasalliklari bo‘lgan bemorlarni emlash xavfsiz hisoblanmaydi, chunki bu surunkali kasallik kuchayishiga olib kelishi mumkin.

koronavirus vaksina
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)