15:53 / 23.07.2020
1 191

Pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. O‘zbekiston aholisi so‘rovnomada ishtirok etdi

Pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari. O‘zbekiston aholisi so‘rovnomada ishtirok etdi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Jahon banki bilan hamkorlikda «O‘zbekiston fuqarolarini tinglash» (Listening to Citizens of Uzbekistan, L2CU) loyihasi doirasida COVID-19'ning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.

Unda 1500 xonadonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazish orqali butun respublikadagi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish ko‘zda tutilgandi. 2019 yildan buyon loyiha doirasida 22 ta so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘nggi so‘rovnoma 2020 yilning 21 iyunida o‘tkazilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati tadqiqot natijalarini Kun.uz'ga taqdim etdi.

Bandlik darajasi
Iyun oyida aholining bandligi jadal sur’atlarda oldingi darajalarga qaytishda davom etdi. Kamida bitta oila a’zosi bo‘lgan uy xo‘jaliklarining ish bilan bandlik darajasi aprel oyida keskin 40 foiz punktiga qisqargan bo‘lsada, keyinchalik iyun oyida 33 foiz f.p.ga ko‘paydi. Shunday bo‘lishiga qaramay, xonadonlar a’zolaridan kimdir «ishidan ayrilgan yoki ishlamay qolgani» haqida xabar bergan respondentlar soni aprel oyida 19 foizga o‘sdi va iyun oyida yana 3 foizga ko‘paydi. So‘rovnomada deyarli barcha respondentlar faoliyatini to‘xtatib turilishini vaqtinchalik deb hisoblashgan. Biroq, bandlik darajasi 2019 yildagiga nisbatan pastroq bo‘lsa-da COVID-19 pandemiyasidan oldingi tendensiyalar saqlanib qolmoqda.

Bandlikning pasayishi o‘zini-o‘zi ish bilan band qilganlar orasida eng sezilarli va uzoq vaqt davom etdi. O‘zini ish bilan band qilganligini ko‘rsatgan respondentlarning ulushi aprel oyida 67 foizga tushib, iyun oyida 26 foizga pasayishda davom etdi. Aksincha, oylik maosh olib ishlaydigan odamlarni ishga qabul qilish (xodimlarning) iyun oyida o‘rtacha 2019 yil darajasiga qaytdi, shu bilan birga ayollarga nisbatan erkaklar orasida tezroq amalga oshdi.

Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar 80 foizga tushib ketgandan so‘ng, yangi ish o‘rinlari soni ko‘payishi iqtisodiyotning tiklanish belgilarini ko‘rsatmoqda. Ushbu pasayish 2019 yilning shu davriga nisbatan turizm, dam olish va ko‘ngilochar xizmatlar (-95 foiz), restoranlar va barlar (-91 foiz), ta’lim (-85 foiz) sohalarida juda katta bo‘ldi. Iyun oyida tibbiyot va qurilish sohalarida jadal tiklanish kuzatilib eng kam ta’sir ko‘rsatgan kasblar orasida ham o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayish 50 foiz va undan ko‘proqni tashkil etdi.

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
Taxminan 3,8 million fuqaro hukumat yordamini turli shakllarda oldi. Pandemiya boshlanganidan keyin aholining 11 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri hukumat yordamini olganligi haqida xabar berdi. Yordamning eng katta qismi 92 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki vaucherlar shakllarida berilgan va asosan shaharlarda ko‘proq tarqalgan. Ko‘rsatilgan yordam hajmi asosan daromadi past xonadonlar bilan bog‘liqligi yuqori bo‘lib, mazkur dastur doirasida yordamning juda katta ulushi aynan ijtimoiy zaif uy xo‘jaliklariga yo‘naltirilganligini tasdiqlamoqda.

Moliyaviy farovonlik
Daromadini yo‘qotgan uy xo‘jaliklarida xarajatlarning oshishi va pandemiyaning iqtisodiy ta’siri ko‘proq tashvishga solgan. Respondentlarning 53 foizga yaqini o‘z xarajatlarida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lganini ta’kidlamoqda. Ularning 60-65 foizi oxirgi 30 kun ichida odatdagidan ko‘proq pul sarflaganliklarini, qolganlari esa odatdagidan kamroq pul sarflaganliklarini bildirishgan. Xarajatlarning oshishi inqiroz davrida daromad yo‘qotilishi bilan bog‘liq.

Inqirozdan oldin daromadi yuqori bo‘lgan uy xo‘jaliklari ta’siri ancha barqaror bo‘lib chiqdi. Xarajatlari ko‘payganini bildirgan respondentlarda karantindan oldin ham iste’mol darajasi yuqoriroq bo‘lgan.

Tovarlar tanqisligi
Iyun oyida mahalliy mahsulotlarning tanqisligi kamaydi. Respondentlarning taxminan 1 foizga yaqini jamg‘armalari tugaganini, bu aprel oyida e’lon qilingan 16 foizdan ancha past ekanligini ta’kidlashgan. Ushbu mahsulotlar orasida oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, un narxlarining oshishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Dori-darmon va niqoblarning sotuvga chiqarilmagani haqida xabar berganlar aprel oyida 5 foizdan iyun oyida deyarli nolga tushdi.

Migratsiya va pul o‘tkazmalari
Pul o‘tkazmalarini qabul qiladigan uy xo‘jaliklarining ulushi iyun oyining boshida biroz tiklandi, ammo 2019 yilga nisbatan sezilarli darajada kam. Aprel oyida har qanday pul o‘tkazmalarini olgan uy xo‘jaliklari ulushi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar kamaydi, shundan so‘ng may va iyun oylarida biroz tiklandi. Pul o‘tkazmalarini olganlar uchun aprel oyida o‘tkazmalarning o‘rtacha hajmi 21 foizga kamaydi (inflyatsiyani hisobga olgan holda so‘mda), ammo may oyida Rossiya rublining kuchayishi natijasida o‘sdi.

Respondentlarning kam qismi oila a’zolari chet elda ishlashini ta’kidlashdi. Aprel oyida oila a’zolari xorijda ishlayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi 2019 yilning xuddi shu davriga nisbatan 3 foiz punktga kam bo‘ldi. Xorijda bo‘lib turganlar orasida doimiy ish bilan band bo‘lganlar ulushi 88 foizdan qariyb 73 foizga tushib ketgan. Migratsiya mavsumiy ravishda ko‘paygan bir davrda, 2019 va 2020 yillar o‘rtasidagi tafovut may va iyun oylarida yanada ortdi. Aprel va iyun oylari orasida, kelajakda chet elga migratsiyasini reja qilayotgan uy xo‘jaliklarining ulushi deyarli nolga tushdi.

Odamlarning fikrlari va xatti-harakatlari
Koronavirusning salbiy ta’sirlaridan xavotir yuqori bo‘lib qolmoqda. Respondentlarning deyarli barchasi COVID-19 nima ekanligini bilishlarini aytishgan va 75 foizdan ko‘prog‘i COVID-19 bilan «juda yaxshi tanish» ekanliklarini aytishgan. Aprel va iyun oylari orasida COVID-19'ning zararli ta’siridan xavotirlar biroz pasaydi: sog‘liklari uchun xavflardan «juda xavotirda» ekanliklarini bildirganlar 64 foizdan 60 foizga tushdi, iqtisodiy oqibatlardan «juda tashvishlanayotganlar» 61 foizdan 56 foizga tushdi.

Ko‘plab fuqarolarning ta’kidlashlaricha, ular o‘tgan hafta hukumatning COVID bilan bog‘liq rasmiy bayonotlaridan xabardor. Aprel oyida 75 foizi rasmiy e’lonlarni eshitganliklarini aytishgan va iyun oyida bu raqam 80 foizga etgan. Deyarli hamma televizor axborotning asosiy manbai ekanligini ta’kidladi. Apreldan keyingi davrda ijtimoiy ommaviy axborot vositalari (12 foiz) va matnli xabarlar (15 foiz) ham ommabop manbalar bo‘lgan. Faqat bir necha fuqaro rasmiy e’lonlar to‘g‘risida gazetalar, radio yoki do‘stlaridan bilib olishlarini aytishdi.

Taxminan 80 foiz respondentlarda pandemiya paytida ularning odatiy harakatlari o‘zgarganligini qayd etishdi. Asosan bu niqob taqish (98 foiz), oila a’zolari va do‘stlariga tashriflarni qisqartirish (84 foiz), qo‘llarni tez-tez yuvish (81 foiz), qo‘l siqib ko‘rishish, o‘pishish, salomlashish (77 foiz), ijtimoiy masofa saqlash (72 foiz), uydan tashqarida ishlashga kamroq vaqt sarflash (51 foiz), o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish (17 foiz) da o‘z aksini topgan.

Respondentlar qo‘l yuvish talablariga yuqori darajada o‘sib borayotganligini ma’lum qilishdi. So‘rovda qatnashganlarning ta’kidlashicha, ular qo‘llarini kuniga o‘rtacha 5,5 marta yuvadilar, bu aprel oyida qayd etilgandan 4,8 martaga ko‘p. Respondentlarning o‘rtacha qatlami qo‘llarini kuniga o‘rtacha 10 marta yuvishlarini qayd etishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)