15:43 / 01.08.2020
3 809

Qoraqalpog‘istonliklar Musa Yerniyazov bilan vidolashmoqda (foto, video)

Qoraqalpog‘istonliklar Musa Yerniyazov bilan vidolashmoqda (foto, video)
Foto: Telegram / @kar24uz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 31 iyul kuni 73 yoshida vafot etgani haqida avval xabar berilgan edi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Yerniyazovning ta’ziya marosimlarida qatnashish uchun Nukusga jo‘nab ketgan.

Ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston nashrlarida Musa Yerniyazovni so‘nggi yo‘lga kuzatish jarayonidan foto va videolavhalar e’lon qilindi. Unda fuqarolar Qoraqalpog‘istonga 2002 yildan beri rahbarlik qilib kelgan amaldor bilan vidolashayotganini ko‘rish mumkin.

«Xalq bilan birga» kanali Nukusdagi hukumat binosi oldida ta’ziya marosimiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidan fotolavhalarni e’lon qilgan. Xuddi shu kanalda Yerniyazovning dafn marosimi jonli efirda namoyish etilishi haqida xabar berilgan edi, biroq bloger Shuhrat Saidahmadovning ma’lum qilishicha, «Qoraqalpog‘iston» telekanali marosimni jonli namoyish etishni rejalashtirmagan.


Foto: Telegram / @xaliqaynasi

Foto: Telegram / @xaliqaynasi

Foto: Telegram / @xaliqaynasi

Foto: Telegram / @xaliqaynasi

Foto: Telegram / @xaliqaynasi

Foto: Telegram / @xaliqaynasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonliklar Musa Yerniyazov bilan vidolashmoqda (foto, video)