Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Bugun, 11 sentabr kunidan e’tiboran Qozog‘iston bilan muntazam aviaqatnovlar rasman tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Transport vazirligi Qozog‘iston aviatsiya ma’muriyati bilan xalqaro muntazam yo‘lovchi aviaqatnovlarini tiklash bo‘yicha olib borgan muzokaralar yakuniga ko‘ra Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalariga sentabr oyidan boshlab paritet tamoyili asosida Toshkent–Olmaota–Toshkent yo‘nalishida muntazam parvozlarni bajarishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha qatnovlar haftaning juma kunlari amalga oshiriladi. Bugundan e’tiboran Uzbekistan Airways va Air Astana aviakompaniyalari ushbu yo‘nalishda parvozlarni bajarishni boshladi.
Air Astana aviakompaniyasining Olmaota – Toshkent – Olmaota yo‘nalishida parvozni amalga oshirgan samolyoti bugun soat 12:40da Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha uchish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar batafsil ma’lumotlarni aviakompaniyalarning rasmiy saytlaridan olishlari mumkin, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”