
Osiyo maydonlarida porlayotgan Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda.
Portugaliyalik yulduz “An-Nasr”ning “Al-Vahda”ga qarshi uchrashuvida raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, xet-trik qayd etdi. Bu Ronalduning oxirgi beshta o‘yindagi uchinchi xet-trigi bo‘ldi.
39 yoshli hujumchi faoliyati davomida jami 66-xet-trigini nishonladi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu Lionel Messidan yanada uzoqlashdi. "Inter Mayami"ning argentinalik futbolchi hisobida jami 57 ta xet-trik bor.
Ronaldu joriy mavsumda Saudiya Arabistoni Professional ligasida 27 marotaba maydonga tushib, 32 ta gol va o‘nta assist qayd etdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.