Foto: «Polsov.com»
AQSHda Merilend universiteti olimlari aspirin COVID-19 bemorlari orasida o‘lim darajasini kamaytirishda hamda og‘ir asoratlarga qarshi kurashishda foydali bo‘lishi mumkinligini aniqladilar. Ilmiy ish natijalari «Anesthesia and Analgesia» jurnalida chop etildi.
Tadqiqotda koronavirusning turli darajadagi alomatlari bilan shifoxonada davolanayotgan 412 nafar bemor qatnashdi. 314 kishi aspirin qabul qilishmadi, qolgan 98 nafari esa shifoxonaga tushgandan so‘ng yoki shifoxonaga yotishdan 7 kun oldin 24 soat davomida isitma tushiruvchi dori ichishdi. Olimlar aspirinning o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoji, reanimatsiya va o‘lim darajasiga ta’sirini tahlil qilishdi.
Buni qarangki, aspirin qabul qilgan guruhdagi bemorlarning 35,7 foizi o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilish apparatiga ehtiyoj sezishgan. Preparatni qabul qilmaganlarning esa 48,4 foizi ushbu apparatdan foydalanishga majbur bo‘lishgan. Shuningdek, aspirin reanimatsiyaga zaruratni 12,2 foizga kamaytirgan. Tashqi omillarga moslashgandan so‘ng tadqiqotchilar aspirin qabul qilish bilan shifoxonada o‘lim darajasi va og‘irlar alomatlar rivojlanish ehtimoli o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi.
Biroq olimlarning ta’kidlashicha, COVID-19 bemorlarida aspirin qabul qilish bilan o‘pkaning shikastlanishi va o‘lim ko‘rsatkichi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish uchun randomizatsiyalangan nazorat tekshiruvini o‘tkazish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi