
Niderlandiyada maktablarda mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalarning taqiqlanishi o‘quvchilarning diqqatini sezilarli darajada oshirgan. Bu haqda Niderlandiya hukumati topshirig‘i asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ma’lum qildi.
Tadqiqotda ishtirok etgan 317 ta o‘rta maktabning 75 foizi taqiq joriy etilgach, o‘quvchilar darslarga yaxshiroq e’tibor qarata boshlaganini bildirgan. Bundan tashqari, maktablarning 60 foizida ijtimoiy muhit yaxshilangani kuzatilgan, 30 foizida esa o‘quv natijalari ham o‘sish qayd etilgan.
Niderlandiya Ta’lim vazirining o‘rinbosari Marielle Paul bu boradagi ijobiy natijalarni e’tirof etar ekan, shunday dedi:
“Telefonlar yo‘qligi – darsga ko‘proq e’tibor, kamroq chalg‘ish va ijtimoiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda. Maktablarning bu boradagi sa’y-harakatlari tahsinga loyiq.”
Smartfonlar va planshetlardan foydalanish taqiqi 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy va boshlang‘ich ta’lim maktablarida kuchga kirgan. Taqiq, shuningdek, ayrim tibbiy ehtiyojlar – masalan, eshitish apparatlari mobil qurilmalarga ulanadigan holatlar uchun istisnolarni ham ko‘zda tutadi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari odatda faqat yuqori sinflarda maktabga telefon olib kelishni boshlashadi. Shuning uchun bu bosqichda taqiqning ta’siri unchalik sezilarli bo‘lmagan.
Niderlandiya tajribasi shuni ko‘rsatmoqda-ki, raqamli chalg‘ituvchi omillarni kamaytirish orqali nafaqat o‘quv jarayoni, balki o‘quvchilar o‘rtasidagi ijtimoiy muhit ham ijobiy tomonga o‘zgaradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar