
FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor fuqaro B.Ya. zimmasiga Yangihayot tumani Mash’al MFY hududida joylashgan 145 kv.m. yer maydoniga qarzdor tomonidan noqonuniy qurilma qurilgan, shuningdek, mazkur noqonuniy qurilmalarni fuqaro o‘z hisobidan buzishi to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdor fuqaro noqonuniy ravishda egallab olgan yer maydonini qonun talabi asosida ixtiyoriy ravishda o‘z holiga keltirmaganidan so‘ng, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochisi Q.Mardiyev tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma to‘liq buzilib, 145 kv.m. yer maydoni o‘z holiga qaytarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar