23:45 / 24.11.2020
2 194

Jo‘natmalardagi “kokain”lar fosh etildi

Jo‘natmalardagi “kokain”lar fosh etildi
Toshkent shahar shahar bojxona boshqarmasiKontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini yurtimiz hududiga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilishiga qarshi kurash va ularni fosh etish bo‘yicha tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirda davomida “Boshpochtamt” TIF bojxona postida xorijdan yurtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro U.M nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Jo‘natmalardagi “BCAA 1000 caps” nomli biologik faol qo‘shimchalarni “Rengent” qurilmasidagi tasvirlari ko‘zdan kechirilganda, undagi 47 dona kapsulalarning zichligi va kapsulalarning qadog‘i buzilganligi bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Shundan keyin, ushbu 47 dona kapsulalardan bir donasi ixtiyoriy ravishda tanlab olinib, narkotester yordamida tekshiruvdan o‘tkazilganda, kapsula ichidagi oq va nam holdagi kukunsimon modda tarkibida “kokain” giyohvandlik vositasi borligi to‘g‘risidagi belgi berdi.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, 47 dona kapsulalar tarkibida 49,16 gr. “kokain” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Yana bir holatda esa, xorijdan kelgan yana bir pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, jo‘natmalardagi “BCAA 1000 caps” nomli biologik faol qo‘shimchalarni “Rengent” qurilmasidagi tasvirlari ko‘zdan kechirilganda, undagi 75 dona kapsulalarning zichligi va kapsulalarning qadog‘i buzilganligi bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Shundan keyin, ushbu 75 dona kapsulalardan bir donasi ixtiyoriy ravishda tanlab olinib, narkotester yordamida tekshiruvdan o‘tkazilganda, kapsula ichidagi oq va nam holdagi kukunsimon modda tarkibida “kokain” giyohvandlik vositasi borligi to‘g‘risidagi belgi berdi.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, 75 dona kapsulalar tarkibida 76,56 gr. “kokain” giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jo‘natmalardagi “kokain”lar fosh etildi