22:30 / 17.12.2020
2 503

Yangi Fuqarolik kodeksda tijorat tashkilotlari bo‘yicha qanday o‘zgarishlar va ularni amalga oshirilishi kutilmoqda?

Yangi Fuqarolik kodeksda tijorat tashkilotlari bo‘yicha qanday o‘zgarishlar va ularni amalga oshirilishi kutilmoqda?
Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan Prezidentning 2019 yil 5 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi” asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi loyihasi ishlab chiqildi. Loyihaga tijorat tashkilotlari bilan bog‘liq yangi normalar kiritildi.
Tijorat tashkilotlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgartirishlar korporativ shartnoma, ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar va ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining xususiyatlariga oid yangi normalar ishlab chiqildi.

Yuqorida qayd etilgan Konsepsiyasining III-bo‘limi 4-bandida korporativ munosabatlarni fuqarolik kodeksining tartibga solish predmeti doirasiga kiritish, jumladan, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining o‘ziga xosliklarini belgilangan. Shuningdek, ushbu Konsepsiyaning II-bo‘limi 5-bandida yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shakllarini optimallashtirish, bir-biriga o‘xshash, shuningdek bozor munosabatlarida ommalashmagan tashkiliy-huquqiy shakllarni tugatish nazarda tutilgan.

Shu vaqtga qadar, Fuqarolik huquqining eng muammoli masalalaridan biri bu korporativ shartnomalarni tartibga solish masalasi hisoblanib kelmoqda. Shu bilan birga, Fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish va ta’sir ko‘rsatishi uchun korporativ shartnomani tuzish va uni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

Korporativ shartnoma mamlakatimiz qonunchiligiga endigina kiritilmoqda, ammo bunga ehtiyoj ancha avvlal paydo bo‘lgan desak xam bo‘ladi. Uni kiritilishi tijorat tashkilot ishtirokchilariga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitalidagi aksiyalar (ulush)ga egalik qilish faktidan kelib chiqadigan qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etish zarurligidan kelib chiqmokda.

Korporativ shartnoma tushunchasi korporativ munosabatlar va yuridik shaxslar tushunchasi bilan bog‘liqdir. Fuqarolik Kodeksida birinchi marta fuqarolik huquqining sub’ekti, shuningdek, tijorat tashkilotlarda ishtirok etish yoki ularni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlar (korporativ munosabatlar) ekanligini aniqlandi. Ushbu yangi tahriridagi Kodeks loyihasi tijorat tashkilotlarda ishtirok etish yoki ularni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi. korporativ shartnomaning ta’rifidan kelib chiqib, korporativ shartnomaning predmeti shartnomada belgilangan tartibda korporativ huquqlarni amalga oshirishga yoki undan voz kechishga qaratilgan bitimdir.

Korporativ shartnomani tuzishning afzalliklari nimada?
1. Korporativ shartnoma Tijorat tashkilotlari sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini amalga oshirish usullarini tartibga soladi, ya’ni vakolatlarni qanday amalga oshirish kerak? savolga javob beradi.
2. Huquqiy himoyani kafolatganligi, bunda korporativ shartnomani buzgan bir tomoni boshqa tuzilgan har qanday shartnomalar haqaqiy emas deb topiladi. Bu shartnomaning xsusiyati jamiyatning ichki normalaridan ustunligini ta’minlaydi va agar taraflar o‘rtasida nizo kelib chiqsa, sud korporativ shartnomada belgilangan qoidalar asosida ish yuritadi.
3. Shartnomada belgilangan majburiyatni bajarilishini kechiktirish uchun jarima yoki boshqa shaklda javobgarlik belgilanishi mumkin. Bu o‘z navbatida, tomonlarni majburiyatlarini bajarishga va majburiyatlarini vijdonan bajaradigan tomonning huquqlari va manfaatlarini himoya qiladi.
4. Kelguvsida nizo kelib chiqishdan sug‘urtalanish, Bunday mexanizmni boshqaruvga xalaqit beradigan ziddiyatlar xavfi tufayli ishonchli deb atash noo‘rin. Aynan korporativ shartnomada tomonlarga nizolarni hal qilish tartibini birlashtirish imkoniyati berilgan.
5. Korporativ shartnomasi boshqaruv protseduralari hisobiga ishtirokchilar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyatlar xavfini oldini olishga yordam beradi.
6. Ishtirokchilarning manfaatlarini himoyalanishi, ya’ni shartnomaga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar faqat barcha tomonlarining roziligi bilan kiritilishi mumkin.

Shuningdek, Tijorat tashkilotlari mazkur shartnomani tuzishda bir qancha yengilliklar kutilmoqda. shartnoma ichki munosabatlarni tartibga solish uchun bir qator imkoniyatlarni beradi.

Korporativ shartnoma uchun maxsus shakl belgilandi. Xususan, tomonlar tomonidan imzolangan bitta hujjatni tuzish bilan yakunlanishi kerak.
Shuningdek loyihada, Xo‘jalik jamiyati organi tomonidan qaror qabul qilish paytida xo‘jalik jamiyatining barcha ishtirokchilari korporativ shartnomaning tarafi bo‘lsalar, korporativ shartnomaning buzilishi tarafning da’vosi bo‘yicha xo‘jalik jamiyati organining qarorini haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni Ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlarga ajratish zarurati to‘g‘risidagi savol ancha oldin paydo bo‘lgan, ammo u qonuniy ravishda rasmiylashtirilmagan edi.

Buning sababi shundaki, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining ko‘pchiligi, tashkiliy-huquqiy shakliga qaramay o‘z mohiyatiga ko‘ra har doim ham ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar bo‘lib kelgan. Ular qimmatli qog‘ozlarga obuna bo‘lishni oshkora etmaganlar va ularning qimmatli qog‘ozlari birjalarda sotilmagan. Aksincha, eng yirik aksiyadorlik jamiyatlarini endi ommaviy jamiyatlar deb tasniflash mumkin, chunki ularning aksiyalari fond birjasida obuna taqdim etilimoqda va savdoga qo‘yilyapti.

Korporativ shartnoma va ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining xususiyatlari oid yangiliklarning modeli Yangi tahrirdagi Kodeks loyihasida korporativ shartnoma tushunchasi uning predmeti, xo‘jalik jamiyati ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bir qator rivojlangan xorijiy davlatlarda, jumladan, Ispaniyada kapital kompaniyalari to‘g‘risidagi qonunning (Ley de Sociedades de Capital - LSC) 28-moddasi, Rossiya Federadsiyasi Fuqarolik kodeksining 67.2-moddasida “Xo‘jalik jamiyati ishtirokchilari yoki ularning ayrimlari o‘zlarining korporativ huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida korporativ shartnoma (masu’liyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining huquqlarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma, aksiyadorlik kelishuvi) tuzish huquqiga egadirlar” belgilangan.

Shuningdek, Loyihaning 77-moddasi Ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar va ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining xususiyatlarini kritilishi sifatida ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan korporativ shartnoma deyarli barcha jihati bog‘liq ekanligigni qo‘yidagilarda ko‘rishimiz mumkin:
- Aksiyadorlar o‘rtasida tuzilgan ushbu shartnomaga binoan ularning barchasi yoki ba’zilari o‘z huquqlaridan faqat ma’lum bir tarzda foydalanishga majburligi;
- ovoz berishda yagona tanlovni egallashi;
- barcha ishtirokchilar uchun ularning aksiyalarini umumiy narxni belgilash;
- muayyan holatlarda ularni sotib olishga ruxsat berish yoki taqiqlash.

Ommaviy aksiyadorlik jamiyatining asosiy xususiyati shundaki, aksiyalarni ochiq ro‘yxati potensial xaridorlarining qonun asosida ularni ustaviga o‘zgartirish kiritmasdan avtomatik tarzda ularni ommaviy aksiyadorlik jamiyatiga aylantiradi.

Xorijiy mamlakatlarda, Italiyaning 2006 yiligi Kompaniyalar to‘g‘risidagi (Companies Act) qonun, Italiya Fuqarolik kodeksining 2326-moddasi, Vengriya Fuqarolik kodeksining 3:121-moddasi, Slovakiya Savdo kodeksining 154.3.-moddasi, Xindistonning 2013 yiligi Kompaniyalar to‘g‘risidagi (Companies Act) qonunning 2.71.-moddasi, Malaziyaning 2015 yilgi Kompaniyalar to‘g‘risidagi (Companies Bill) qonunning (50-bobi) 62-moddasi, Avstraliya qonunchiligiga ko‘ra, 2001 yilgi Korporatsiyalar to‘g‘risidagi (Corporations Act) qonunning 66-moddasi, Janubiy Afrika Respublikasi 2008 yil Kompaniyalar to‘g‘risidagi 11.3.-moddalarida Tijorat tashkilotlari turi sifatida ommaviy aksiyadorlik jamiyati va uni o‘ziga xos xususiyatlar, korporativ munosabat ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari, shartnoma tuzish asoslari va uni erkinliklari, shartnoma mazmuni oshkor etish masalalari to‘g‘risida normalar belgilab o‘tilgan.

Yuqoridagiga asoslanib, ommaviy va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar, ommaviy aksiyadorlik jamiyatlarining xorijiy mamlakatlardagi korporativ munosabatlarda roli muhim ekanligi va yurtimizdagi tijorat tashkilotlar huquqiy maqomini kengaytirish va ularni shartnomaviy huquqiy ba’zasini shakillantirish va optimallashtirsh maqsadida Loyihaga kiritilmoqda.

Shu bilan birga, Yangi tahrirdagi O‘zbeksiton Respublikasi Fuqarolik kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasidan o‘tgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrdagi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II-son qonunni hamda O‘zbekiston Respublikasi 2014 yil 6 maydagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi O‘RQ-370-son qonuning 8-moddasini chiqarib tashlash va ommaviy aksiyadorlik jamiyati va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlarning huquqiy holati, javobgarligi, umuman olganda ushbu qonunni qayta ko‘rib chiqish lozim.

Shuningdek, yangi tahrirdagi loyihada rivojlangan davlatlarning bu boradagi xorijiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xorjiy mamlakatlar fuqarolik kodekslarining sho‘’ba xo‘jalik jamiyati, qaram xo‘jalik jamiyati, xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan davlat unitar korxonasi tashkiliy-huquqiy maqomi to‘g‘risida normalar mavjud emasligi, bu normalar xalqaro standartlarda kuzatilmaganligi sababli, ushbu moddalarni amaldagi Fuqarolik kodeksidan chiqarib tashlash taklif etilmoqda.
Qonunchiligimizda xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning faoliyati bilan bog‘liq masalalar yuridik shaxslarning tegishli tashkiliy-huquqiy shakliga oid maxsus qonunlar bilan tartibga solingan.

Kiritilayotgan o‘zgartirishlardan kutilayotgan natija qanday?
Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksi loyihasining Tijorat tashkilotlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar korporativ munosabatlar, xususiy mulkga oid asoslanmagan cheklovlarni, shuningdek, iqtisodiyotni boshqarishda ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillariga asoslangan, o‘z ahamiyatini yoqqotgan va eskirib qolgan normalarni chiqarib tashlashga, bundan tashqari, korporativ munosabatlar institutini takomillashtirish, ommaviy aksiyadorlik jamiyati huquqiy maqomini kengaytirish va kelajakdagi o‘rnini mustahkamlash va uni kelajakda yangi mexanizmlarini joriy qilish, shu jumladan koporativ shartnomalarni optimallashtirish, ushbu shartnomalarni tuzish erkinligini kengaytirishga yordam beradi.

Bozor ishtirokchilari hisoblanmish tadbirkorlik sub’ektlari sonining tobora ko‘payishi va korporativ shartnoma tijorat tashkilotlarining munosabatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, Bundan tashqari, tijorat tashkilotlari ichida ommaviy aksiyadorlik jamiyati va ommaviy bo‘lmagan jamiyatlar tushunchasi va tijorat munosabatga kirilishida qo‘llanilishi, ularning bu borada tartibga solishda qonunchilik tomondan yanada erkinlashtirishga olib kelishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi Fuqarolik kodeksda tijorat tashkilotlari bo‘yicha qanday o‘zgarishlar va ularni amalga oshirilishi kutilmoqda?