
Bugun Majburiy ijro byurosi hamda IIB YHXB Namangan viloyat boshqarmasi hamkorligidagi reyd davomida yo‘l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzgan va umumiy hisobda 29 ta to‘lanmagan ma’muriy jarimasi mavjud bo‘lgan xorijiy avtomashina aniqlandi va jarima maydoniga joylandi.
Qo‘shma reyd tadbirlari davomida mazkur transport vositasi elektron kuzatuv tizimlari orqali aniqlanib, belgilangan tartibda to‘xtatildi. Tekshiruv natijasida mazkur avtomashina egasiga 29 ta jarima qarorlari qabul qilingani va ular belgilangan muddatda to‘lanmagani ma’lum bo‘ldi.
Ayni paytda transport vositasi jarima maydoniga joylanib, jarimalar to‘liq undirilgunga qadar egasiga qaytarilmaydi.
Shu o‘rinda, MIB va IIB YHXB viloyat boshqarmasi jamoatchilikka murojaat qilib, barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga rioya etishga va o‘z vaqtida ma’muriy jarimalarni to‘lashni so‘raydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar