08:30 / 08.03.2021
1 980

Shavkat Mirziyoyev tez orada viloyat hokimlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi

Shavkat Mirziyoyev tez orada viloyat hokimlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi
O‘zbekistonda boshqaruv tizimida xotin-qizlarning ulushi 33 foizga yetdi, 1,5 mingga yaqin ayollar rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Ularning olti nafari tuman va shaharlarga rahbarlik qilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev «tez orada viloyatlar rahbarlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi». Bu haqda Prezident matbuot xizmatining «Maxsus rakurs» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, davlat rahbari bu haqda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7 mart kuni Toshkentdagi Kongress-xollda o‘tkazilgan tantanali marosimdagi nutqida ta’kidlab o‘tgan.

«O‘zlarining fidoiyligi, vatanparvarligi, islohotlarga ishonchi bilan, yurtimizdagi hozirgi islohotlarni amalga oshirish uchun bellarini mahkam bog‘lab, olti hududda ayollarimiz hokimlik qilyapti. Men Namanganga tashrifim vaqtida ham aytgandim, qani endi vaqt tezroq o‘tsayu, bularning ichidan ham viloyat hokimi topilsa, juda minnatdor bo‘lardim», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

Chapdan: Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova, Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova. 2021 yil 7 mart.
Foto: Prezident matbuot xizmati

2020 yilning fevral—mart oylarida O‘zbekistonning olti hududiga ayol-hokimlar tayinlangan edi. Jumladan, Dilfuza O‘rolova Sirdaryoning Boyovut tumaniga, Nargiza Ne’matova Buxoroning Olot tumaniga, Sadbarxon Mamitova Andijonning Bo‘ston tumaniga, Maqsuda Mustafoyeva Qashqadaryoning Qarshi tumaniga, Zulayho Mahkamova Namanganning To‘raqo‘rg‘on tumaniga, Gavhar Alimova esa Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahriga hokim bo‘lgan edi.

Chapdan: Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi Gavhar Alimova, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova, Boyovut tumani hokimi Dilfuza O‘rolova, Bo‘ston tumani hokimi Sadbarxon Mamitova, Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova, Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoyeva. 2021 yil 7 mart.
Foto: Prezident matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev tez orada viloyat hokimlari orasida ham ayollar bo‘lishiga umid bildirdi