15:40 / 13.03.2021
2 090

Farg‘onada fuqaro Xalq qabulxonasi oldida tomirlarini kesishga urindi (video)

Farg‘onada fuqaro Xalq qabulxonasi oldida tomirlarini kesishga urindi (video)
Foto: Videolavhadan skrinshot
Oltiariq tumanida yashovchi fuqaroning tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga urinishi holati yuzasidan viloyat hokimligi bayonot berdi.

Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Ma’murjon Berdaliyevning tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida tashqari ko‘chada o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringani, bunday hatti-harakatga uzumchilik uchun ajratilgan yer maydoni to‘g‘risidagi qarorning bekor qilingani sabab bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

«Avvalo, fuqaro Ma’murjon Berdaliyev haqiqatdan ham 11 mart kuni Oltiariqdagi tuman Xalq qabulxonasi binosi oldida o‘z qo‘l tomirlariga jarohat yetkazishga uringani, biroq tuman IIB xodimlarining tezkor harakatlari sabab M.Berdaliyevning harakatlari oxiriga yetmay, tibbiyot birlashmasiga olib borilib unga birinchi yordam ko‘rsatilgani, bugungi kunda uning sog‘lig‘i va holati yaxshi ekani ma’lum qilinadi.

Viloyat hokimligi, viloyat Xalq qabulxonasi, xalq deputatlari viloyat kengashi, viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur holat yuzasidan o‘rganish olib borish uchun ishchi guruh tuzildi.

Ishchi guruh, fuqaroga uzumchilik uchun yer maydoni ajratilishi, bu bo‘yicha tuman hokimi qarorini bekor qilinishi bilan bog‘liq holatlarni, fuqaro Ma’murjon Berdaliyevni bunday hatti-harakat qilishga majburlagan sabablarni joyida o‘rganib chiqadi. O‘rganish natijalari yuzasidan tez kunda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi
», deyiladi bayonotda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada fuqaro Xalq qabulxonasi oldida tomirlarini kesishga urindi (video)