Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Nosirbek Abdullaxanovning tashabbusi bilan ilk marotaba urologiya sohasidagi noyob jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyat markazida joylashgan diagnostika markazida rossiyalik taniqli shifokor, Ilya Mechnikov nomidagi Shimoliy-g‘arbiy davlat tibbiyot universiteti masofaviy litotripsiya kafedrasi mudiri, Sankt-Peterburg shahridagi Aleksandrovskaya shifoxonasi urologiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Oleg Burlaka namanganlik hamkasblari bilan birga lazer yordamida prostata adenomasi tugunchalarini tig‘siz ajratib olish jarayonini amalga oshirdi.
Avvallari mazkur yo‘nalishdagi jarrohlikdan so‘ng bemor uch kun davomida to‘shakka mixlanib yotishga majbur bo‘lardi. Farg‘ona vodiysida ilk bor Namanganda kirishilgan bunday tig‘siz amaliyotdan keyin bemor bir kunda sog‘ayib uyga qaytadi.
«O‘zbekistonlik hamkasblarim bilan birga jiddiy urologik jarrohlik amaliyotini jahon tibbiyotidagi so‘nggi tajribalarga tayangan holda o‘tkazdik. Jarayon garchi murakkab bo‘lsa-da, Namanganda yaratilgan qulay sharoitlar tufayli muvaffaqiyatli ado etdik. 60 yoshdan oshgan to‘rt nafar bemorda hayotga bo‘lgan ishonch va xursandchilik uyg‘otganimizdan mamnunmiz. To‘g‘risi, zamonaviy shart-sharoitlar va dunyo standartlariga to‘la javob beruvchi jihozlar e’tiborimni tortdi. Namangan viloyatida yuqori salohiyatga ega xususiy tibbiyot tizimida bunday muhitdagi ish, nazariy va amaliy hamkorligimizni kelgusida ham davom ettirishga ishonch paydo qiladi», – deydi rossiyalik shifokor Oleg Burlaka. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Namanganda bank rahbari fuqaroni kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi

Humo qushi, karvon, donishmand qariya — Namanganda ko‘kka 500 ta dron uchirildi

Namanganda ikki erkakning «qilig‘iga yarasha» javob qaytargan qizga ochilgan jinoyat ishi yopilgani aytilmoqda

Namanganda avtomashinaning kapotida "sayr qilganlar" jazolandi (video)

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan