17:17 / 07.05.2021
1 799

Tadbirkor foydasiga salkam 34 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirildi


Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar Iqtisodiy sudining 12.03.2021 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “JALIL-SERVIZ” korxonasidan undiruvchi “STORY-SITY” MCHJ foydasiga jami 33.917.840 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga 04.04.2021 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi B.Sadullayev tomonidan Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan. Qarzdor korxonaga MIB tuman bo‘limi tomonidan qonun talablari asosida ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, qarzdorlikni to‘lamagan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida Qonunning 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan. Olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorga mulkiy xuquq asosida tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari aniqlangan va qarzdorlikni qoplash maqsadida bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunga asosan realizatsiya qilingan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “JALIL-SERVIZ” MCHJdan ijro varaqada ko‘rsatilgan jami 33.917.840 so‘m qarzdorligi undiruvchi “STORY-SITY” MCHJ foydasiga to‘liq undirildi va ijro ishi yakunlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkor foydasiga salkam 34 mln. so‘m miqdorida qarzdorlik undirildi