Joriy yil 21 may kuni “Davaktiv” agentligida davlat tender komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari va davlat aktivlarini sotib olish bo‘yicha takliflar taqdim etgan tadbirkorlar ishtirok etdi.
“Davaktiv” xabariga ko‘ra, ommaviy savdolarga chiqarilgan yirik aktivlarning 6tasi bo‘yicha jami 16ta taklif kelib tushgan. Jumladan, “Malika” savdo majmuasi, “Ichan qal’a” mehmonxonasi va “Qizil suv sport sog‘lomlashtirish” MCHJ bo‘yicha 2ta, “Poytaxt biznes majmuasi” MCHJ mulkiy majmuasi hamda “Markaziy bino hududi” (sobiq MXX binosi) bo‘yicha 3ta, “Gazetalar ishlab chiqarish majmuasi” binosi bo‘yicha 4ta talabgordan sotib olish bo‘yicha takliflar kelib tushgan.
Shundan so‘ng, talabgorlar taqdim etgan yopiq konvertlar davlat tender komissiyasi a’zolari, talabgorlar va OAV vakillari ishtirokida ochildi.
Endi ishchi organ tomonidan 5 ish kuni mobaynida talabgorlardan kelib tushgan takliflarning davlat aktivlari bo‘yicha savdo shartlariga mosligi, undan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga taklif etilgan biznes konsepsiya loyihasi maqbul yoki maqbul emasligi o‘rganiladi.
Ishchi organ o‘z hisobotini tayyorlab, davlat tender komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi va ikkinchi bosqichga o‘tgan yoki o‘tmagani to‘g‘risida ma’lumotlar e’lon qilinadi. Har bir talabgorga individual xabarlar yuboriladi.
Avvalroq, sobiq Milliy xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasida joylashgan bosh qarorgohi ommaviy savdolarga qo‘yilgani xabar qilingandi.
“Davaktiv” agentligi saytida joylangan e’londa bino hududi, uning virtual 360° darajali suratlari bilan tanishish uchun havola ham qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi