Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Sirdaryo viloyatida ekstremistik va terrorchi tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib qolgan 20 kishi aniqlandi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati.
Xabarga ko‘ra, 16 iyun kuni Sirdaryo viloyati IIB va DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram orqali ekstremistik va terrorchi tashkilotlar a’zolarining ta’siriga tushib, radikal g‘oyalar aks etgan audio va videomateriallarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanib kelgan yashirin guruh qo‘lga olindi.
Ushbu jinoiy guruhning Mirzaobod tumani va Yangiyer shaharlarida yashovchi 20 nafar a’zosi qo‘lga olindi. Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Hozirda Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi