AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda mutaxassis vaksinadan keyin immunitet qachon hosil bo‘lishi haqidagi savolga javob qaytardi.
— Koronavirusga qarshi vaksinani 1-chi bosqichini olganlarda immunitet hujayrlar paydo bo‘lishi vaksina olgan kunidan 14 kun oralig‘ida ko‘tarilishni boshlaydi va uning maksimal ko‘tarilish darajasi oxirgi bosqich (ya’ni 2 yoki 3-chi bosqich) vaksinani olgandan 30-60 kunlar ba’zilarda 90 kun oralig‘ida erishiladi.
Bu erishilgan vaksinani nechi kun yoki yil saqlanishi bo‘yicha butun dunyoda va o‘zimizni olimlar ham nazorat qilib bormoqdalar. Vaqt o‘tib immun hujayralarni saqlanish muddatlari haqida aniq ma’lumotlar chop etiladi.
Bugungi kunda mavjud ma’lumotlardan olimlarning taxminlari e’lon qilinib borilmoqda, ularning taxminlariga ko‘ra, ba’zi vaksinalar 1 yil, ba’zilari 2 yil, ba’zi vaksinalar esa umrbod immun himoya hosil qiladi – deb xulosa qilmoqdalar.
Shunga qaramay, vaksina olayotganlarga va olganlarga vaksina olib immun himoyadaman deb xulosa qilishga shoshilmang. Karantin qoidalariga rioya qilish barcha infeksion kasallikdan saqlaydi, shuningdek koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinadan keyingi immunitetni hosil bo‘lishiga ham yordam beradi, — dedi mutaxassis. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Toshkentda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Dollar kursi yana «sakradi»