00:11 / 06.07.2021
2 449

Shifokor COVID-19 da bosh og‘rig‘i belgilarini sanab berdi


Foto: «Avrorra.com»
Koronavirus infeksiyasining keng tarqalgan alomatlaridan biri bosh og‘rig‘i hisoblanadi, deb yozadi Britaniyaning The Daily Telegraph nashri. U Londonning Qirollik kolleji genetik epidemiologiya professori Timoti Spektorning so‘zlarini keltirgan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19 bemorlarining uchdan ikki qismi ushbu noxushliklardan shikoyat qilsa, 40 yoshdan oshgan odamlar orasida bu alomat holatlarning yarmida uchraydi.

Ko‘pincha bemorlarda o‘rtacha uchdan besh kungacha davom etadigan mo‘’tadil va qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Biroq analgetiklar umuman ta’sir qilmaydi.
«Odatda og‘riq boshning ikkala tomonida seziladi, u pulsatsiya beradi, o‘tkir yoki ezuvchi bo‘lishi mumkin», — deya izohladi mutaxassis.
Spektor 15% hollarda bu COVID-19 yuqtirishning yagona alomati ekanligini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shifokor COVID-19 da bosh og‘rig‘i belgilarini sanab berdi