14:57 / 07.09.2021
2 394

Toshkentda onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi

Toshkentda onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 47 yoshli ayol o‘zining 25 yoshli o‘g‘li tomonidan pichoqlab, o‘ldirildi. Bu haqda Oliy sud Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchi 2021 yilning 16 mart kuni soat 02:00 da xonadonida o‘z onasini begona erkakdan rashk qilib, oshxona pichog‘ini uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasiga sanchib, o‘ldirgan.

So‘ngra sodir etgan jinoyatni yashirish maqsadida jasadni o‘zi yashab kelgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan. Shundan so‘ng qotil 17 mart kuni mahalla inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab, murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida jasad qotillik alomatlari bilan topilgan.

Qayd etilishicha, farzandi kichikligida eri bilan ajrashgan ayol begona erkaklar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishi, ba’zan ularni uyiga olib kelishi ortidan ona va o‘g‘il o‘rtasida doimiy tortishuvlar yuzaga kelgan.

Jinoyatchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-modasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismiga ko‘ra, u aybiga to‘liq iqror bo‘lgani, uylanmagani kabi holatlarni inobatga olib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda onasini begona erkakdan rashk qilib, o‘ldirib qo‘ygan 25 yoshli o‘g‘ilga sud hukmi o‘qildi