21:15 / 25.09.2021
1 457

Qirg‘izistonning Talas viloyatidan Toshkent viloyatiga qadar tunnel qurish taklif etilmoqda

Qirg‘izistonning Talas viloyatidan Toshkent viloyatiga qadar tunnel qurish taklif etilmoqda
Foto: Turmush
Qirg‘izistonning Talas viloyatidagi Amanbayevo qishlog‘idan O‘zbekistonning Toshkent viloyatiga qadar bo‘lgan tunnel qurish loyihasini qayta tiklash ishlari muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qirig‘iziston prezidentining Talasdagi ishonchli vakili Bakitbek Narbekovga tayanib Turmush nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha sobiq ittifoq davrida ishlab chiqilgan, ammo amalga oshirilmay qolib ketgan.
«Biz loyihani tiklash bo‘yicha investorlarni qidiryapmiz. Tunnelning uzunligi 5,7 kilometrni tashkil etishi kerak, shunda Talas va Toshkent o‘rtasidagi masofa 630 kilometrdan 120 kilometrga qadar qisqaradi. Bu yo‘lni juda qisqartirishga xizmat qiladi. Hozirda Talas viloyatining faqatgina Qozog‘iston bilan iqtisodiy aloqasi bor. Ammo tunnel qurilgach, O‘zbekiston bilan savdo, turizm va boshqa masalalarda hamkorlik qila oladi. Toshkent viloyatida 18 ta tuman bor, aholisi 8 millionga yaqin. Biz uchun bu yangi bozorga aylanadi. Tunnel loyihasini amalga oshirish uchun 1 milliard qirg‘iz somi (qariyb 11,8 million dollar) kerak bo‘ladi», — deydi Narbekov.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil noyabr oyida Rossiya Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun 3 million dollar ajratgandi. Keyinroq Qirg‘iziston yuk tashuvchilar uyushmasi rahbari Temirbek Shabdanaliyev Tazabek ushbu temir yo‘lning qurilishi Qozog‘iston va Rossiya manfaatlariga mos kelmasligini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistonning Talas viloyatidan Toshkent viloyatiga qadar tunnel qurish taklif etilmoqda
[/banner_pushhouse