Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi.
Nizomga ko‘ra, quyidagi tadbirlar belgilanmoqda:
- past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan, fermer va klasterlar foydalanayotgan 200 ming gektar yerni bosqichma-bosqich (2022–2025 yillarda, shundan 2022 yilda – 80 ming gektar) zaxiraga qaytarish;
- zaxiraga olingan yer maydonlari 0,1 gektardan 1 gektargacha bo‘lgan hajmlarda ijaraga beriladi, ijara muddati – 10 yil;
- tanlovlar orqali tashkil etiladi;
- qishloq xo‘jaligi yerlari ekin ekish uchun 1 yilgacha ikkilamchi ijaraga beriladi, shartnoma ixtiyoriy tuziladi va bu shartnoma fermerni o‘z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi;
- talabgor ochiq elektron tanlovda ishtirok etishi uchun oldindan to‘laydigan zakalat puli miqdori va taqsimlash tartibi quyidagicha: dehqon xo‘jaligi uchun – 270 ming so‘m («O‘zdaverloyiha», «E-IJARA», «E-AUKSION» «daftar»larga kiritilganlarga – bepul), fermer xo‘jaligi va boshqa yuridik shaxslar uchun yer uchastkalari tanlovida: 30 gektargacha yerda – 1,35 mln so‘m, 30-100 gektargacha yerda – 2,7 mln so‘m, 100 gektar yerdan ortiq yerda – 5,4 mln so‘m.
Loyihalarni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:
1) 200 ming gektar yer maydonini qayta taqsimlash orqali kamida 525 mingta ishsiz aholi bandligini ta’minlash;
2) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklari ulushini oshirish;
3) yer ajratishdagi korrupsiya va mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini keskin kamaytirish;
4) yer ajratishdagi xarajatlarni norasmiy to‘lovlar orqali qoplash amaliyotiga chek qo‘yish. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi