date
views 1 143

Allamjonov: Avtomaktablarni bitirgan 2406 kishidan 2059 nafari imtihonlardan oʻta olmadi

Allamjonov: Avtomaktablarni bitirgan 2406 kishidan 2059 nafari imtihonlardan oʻta olmadi
Foto: Milliy mass-media fondi
Joriy yilning 4 fevralidan to bugunga qadar Toshkent imtihon markaziga avtomaktablarni tugatib 2406 nafar odam kelgan. Bu haqda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ma'lum qildi.

Uning soʻzlariga koʻra, shundan 347 nafarigina imtihonlardan oʻta olgan, qolgan 2059 nafari oʻta olmagan.

«Hatto kompyuterda ishlashni bilmaydiganlar ham kelyapti. Juda koʻpchilik masalani oson yoʻlini qidiryapti (oʻrganib qolganda). Yana bu vaqtinchalik, ertaga yopilib ketadi bular degan gaplarni ham eshityapmiz», deya fikr bildirgan Komil Allamjonov oʻz Telegram kanalida.

Allamjonovning bildirishicha, xodimlarga 100 dollardan 500 dollargacha pora bermoqchi boʻlganlar ham uchragan.

«100 dollardan 500 dollargacha xodimlarimizga pora bermoqchi boʻlganlar qancha. Avval shunday boʻlgan. Endi korruptsiyaning (millionlar - dollarlarda) miqdorini tassavur qiling.

Markaz atrofida izgʻib yurib, oʻtgan ketgandan imtihonni hal qilib berishni soʻrayotganlar qancha. Endi savol!? Nahotki oʻqib kelish shunchalik qiyin? Nahotki faqat pul bilan hal qilish kerak imtihonni? Oʻqisangiz ertaga oʻzingizga yaxshi-ku. Mashinada ertaga ota-onangiz, farzandlaringizni olib yurasiz. Rulda bilimli odam boʻlgani yaxshimi yoki qoidalarni bilmaydigan odam? Bu faqat foyda-ku. Biz hatto imtihonga tayyorlovchi ekspress kurslarni ham ochdik. Xohlasangiz shu erda oʻqing. Baribir odam aralasha olmaydi imtihonga, shunga ishoning
», deb yozadi u.

Ma'lumotlarga koʻra, 2021 yilda Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq yoʻl-transport hodisasi rasman qayd etilgan, ularda 2 426 kishi halok boʻlgan. Bu kuniga 6 nafar inson YTH sabab vafot etayotganini koʻrsatadi.

Davlat rahbari tomonidan haydovchilik guvohnomalarining olinishidagi korruptsion holatlarni keskin qisqartirish, buning uchun tizimni toʻliq raqamlashtirish vazifasi topshirildi.

Shundan soʻng poytaxtning Yangihayot tumanida haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha korruptsiyadan xoli, inson omilisiz, elektron tarzda nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazadigan Oʻzbekistondagi ilk avtomatlashtirilgan kompleks ish boshlagandi.

Toshkent imtihon markazi boʻlgʻusi haydovchilar uchun imtihonlarga tayyorlovchi maxsus ekspress-kurslarni ham yoʻlga qoʻygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat