
O‘zgidromet O‘zbekiston hududi bo‘yicha kelayotgan qish mavsumiga dastlabki ob-havo prognozini taqdim etdi. Dekabr oyida harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda: o‘rtacha harorat odatdagidan 1–1,5° ga yuqori bo‘ladi.
Oy boshida iliq ob-havo saqlanadi – kechalari 0…+5°, kunduzi +10…+15°. Dekabrning ikkinchi yarmida harorat o‘zgaruvchan bo‘ladi: kechalari +2…+7° dan 0…–5° gacha, kunduzi esa +12…+17° dan +2…+7° gacha o‘zgarishi mumkin.
Yog‘ingarchilik miqdori me’yorga yaqin yoki biroz kam bo‘lishi prognoz qilingan. Yanvar oyining umumiy harorati ko‘p yillik ko‘rsatkichlarga yaqin bo‘ladi, biroq ayrim hududlarda biroz sovuqroq bo‘lishi mumkin.
Oyning dastlabki ikki o‘n kunida harorat sezilarli darajada o‘zgarib turadi: kechalari +3…+8° dan –3…–8° gacha, kunduzi esa +10…+15° dan –2…+3° gacha tushishi ehtimoli bor. Oy oxiriga kelib kuchli sovuq bo‘lishi kutilmoqda.
Aksar hududlarda kechalari harorat –12…–17°, kunduzi esa –5…–10° gacha pasayadi. Nukus va Urganchda esa sovuqning –20…–25° gacha yetishi ehtimoli bor.
Fevral oyida qishning sovuq davomi kuzatiladi: kechalari harorat –5…–10°, kunduzi esa –3…+2° atrofida bo‘ladi. Oyning ikkinchi yarmiga yaqin harorat sezilarli darajada ko‘tariladi.
Kechalari harorat +3…+8°, kunduzi esa +10…+15° bo‘lishi mumkin. Janubiy hududlarda esa kunduzi havo harorati +20° gacha yetishi ehtimoli bor.
Fevral oyi yog‘ingarchilik miqdori bo‘yicha me’yor doirasida bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.