YeBRR MaxCopper uchun 10 mln yevro ajratadi

O‘zbekistonning MaxCopper kompaniyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YeBRR) 10 million yevro miqdorida kredit oladi. Ushbu mablag‘lar mis quvurlar ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Ajratilgan kredit kompaniyaga mis quvurlar va ularga mos detallar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Ushbu mahsulotlar isitish va shamollatish tizimlari uchun zarur hisoblanadi.
Loyiha doirasida yengil mis quvurlar va spiral shaklidagi mahsulotlar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismini Yevropa va qo‘shni davlatlarga eksport qilish mo‘ljallangan.
"Mazkur loyiha O‘zbekistonda yangi mis quvurlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu esa mamlakat sanoat bazasini diversifikatsiya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi", — deya ta’kidladilar YeBRR vakillari.
MaxCopper kompaniyasi 2022 yil oktabr oyida Toshkent shahrida tashkil etilgan bo‘lib, qurilish materiallari va metall mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing