
O‘zbekistonda Chevrolet Cobalt avtomobillarini rasmiy dilerlik markazlari orqali sotish jarayoni boshlandi. “UzAuto Motors” AJ 3-noyabr kuni onlayn sotuvga qo‘yilgan 100 ming dona Cobalt avtomobilidan 20 833 tasi uchun to‘lov belgilangan muddatda amalga oshirilganini ma’lum qildi. To‘lov muddati o‘tib ketgan shartnomalar bekor qilingach, mijozlar murojaatlari inobatga olinib, avtomobillarni dilerlik markazlarida realizatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi.
Yangi tartibga ko‘ra, onlayn xaridga ulgurmagan xaridorlar istalgan rasmiy dilerdan avtomobilni bevosita tanlashi va kerakli qo‘shimcha jihozlarni joyida o‘rnatishi mumkin. Savdo jarayoni to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, barcha shartnomalar yagona elektron tizim orqali rasmiylashtiriladi hamda QR-kod orqali tasdiqlanadi.
Mazkur o‘zgarishlar iste’molchilar uchun tanlov imkoniyatini kengaytiradi va avtomobil xarid qilish jarayonini yanada qulaylashtiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.