
2025 yilning 3-noyabrida Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Godzilla Fest 2025 festivalida Toho studiyasi mashhur franchayzingning navbatdagi filmi — Godzilla Minus Zero nomini e’lon qildi, deb xabar bermoqda The Wrap. Filmning logotipi rejissyor va ssenariy muallifi Takashi Yamazaki tomonidan chizilgan.
U avvalroq Godzilla Minus One filmi ustida ishlagani bilan tanilgan. Hozircha yangi filmning syujeti haqida ma’lumot berilmadi.
Minus Zero nomi muxlislarda savollarni keltirib chiqardi. Avvalgi Minus One filmi 1954 yilgi original film voqealaridan oldingi davrni yoritgan edi.
Endi esa «Minus Zero» nimani anglatadi, degan savol ochiq qoldirildi. Yaratuvchilar esa faqat «yangilanishlarni kuzatib boring» deya maslahat berdilar.
Muxlislar yangi film birinchi Godzilla filmiga remeyk bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq bu haqda faqat kelajakdagi rasmiy e’lonlar tasdiqlashi mumkin.
Toho studiyasi yangi Godzilla filmni e'lon qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar