date

K-Pop va demon ovchilari davomiy filmi 2029 yilda chiqadi


Netflix va Sony kompaniyalari "K-Pop va demon ovchilari" animatsion filmining ikkinchi qismini ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Bloomberg xabariga ko‘ra, film 2029 yilda tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Davomiy filmning rejissyorlari yana Kris Appelhans va Meggi Kan bo‘ladi. To‘rt yillik tanaffusning sababi animatsion loyihalar ustida uzoq vaqt davomida ishlash zaruratidir.

"K-Pop va demon ovchilari" filmining birinchi qismi 20 iyun kuni namoyish etilgan va darhol xalqaro hitga aylangan edi. Netflix platformasida 325 milliondan ortiq ko‘rish bilan, bu film striming xizmatining eng mashhur reliziga aylandi.

Filmning saundtreki ham katta muvaffaqiyatga erishdi: albom Billboard 200 chartida birinchi o‘rinni egalladi va ayrim qo‘shiqlar Billboard Hot 100 ro‘yxatiga kirdi. Hozircha davomiy film keng ko‘lamli kinoteatrlarda namoyish etiladimi yoki yo‘q, noma’lum.

Birinchi qism AQShda cheklangan miqdorda namoyish etilgan va taxminan 25 million dollar daromad keltirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » K-Pop va demon ovchilari davomiy filmi 2029 yilda chiqadi