date

"Kapitan Amerika" qaytmoqda: Marvel yangi filmni tanishtirdi (treyler)

"Kapitan Amerika" qaytmoqda: Marvel yangi filmni tanishtirdi (treyler)

Marvel kompaniyasi "Qasoskorlar: Qiyomat kuni" nomli yangi filmining ilk tizerini taqdim etdi. Unda Kapitan Amerika (Stiv Rojers) asosiy qahramon sifatida ko‘rsatilgan.

Ushbu rolga yana Kris Evans qaytgan. Tizer syujetiga ko‘ra, avvalgi superxohramon o‘z uyiga qaytadi, Kapitan Amerika kostyumiga nazar tashlaydi va keyin o‘g‘lini ko‘tarib oladi.

Bir necha kun avval ushbu tizerning ekran nusxasi internetga tarqaldi. Video kinoseanslar paytida namoyish etilgan edi.

Ehtimol, yaqin orada Marvel boshqa asosiy qahramonlar uchun ham alohida tizerlarni taqdim etadi. Internetda allaqachon Tor haqidagi norasmiy video paydo bo‘lgan.

Kelgusi tizerning Doktor Dumga bag‘ishlanishi va bu rolni Robert Dauni kichik ijro etishi haqida mish-mishlar ham tarqalgan. "Qasoskorlar: Qiyomat kuni" filmi 2026 yilning 18 dekabrida jahon bo‘ylab namoyish etiladi.

Ushbu yangi qismda Qasoskorlar, 2000-yillar filmlaridagi X-Odamlar va boshqa superxohramonlar umumiy tahdidlarga qarshi birlashadilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Kapitan Amerika" qaytmoqda: Marvel yangi filmni tanishtirdi (treyler)