date

Ronaldu Qizil dengiz sohilidan 2 ta hashamatli villa sotib oldi

Ronaldu Qizil dengiz sohilidan 2 ta hashamatli villa sotib oldi

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va uning turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges Qizil dengiz markazida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikkita hashamatli villani sotib oldi. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli Marca nashri xabar tarqatdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu maskanga faqat charter qayig‘i yoki gidrosamolyot orqali yetib borish mumkin. Bu esa hududda yuqori darajadagi maxfiylik, sokin muhit va begona nigohlardan holi dam olish imkoniyatini ta’minlaydi.

“Endi bizning bu yerda uyimiz bor”, — deya izoh bergan Ronaldu Qizil dengizning betakror tabiati uni va Jorjinani ilk tashrifdayoq o‘ziga rom etganini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududda uyga ega bo‘lish oilasi bilan istalgan paytda tinch, xotirjam va yolg‘iz muhitda vaqt o‘tkazish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror Ronaldu oilasining sokinlik va xususiy hayotga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan. Shu bilan birga, bu qadam dunyodagi eng eksklyuziv va nufuzli hududlardan biriga yirik sarmoya kiritish sifatida ham baholanmoqda. Juftlik 2023 yildan buyon ushbu maskanda dam olib kelayotgan bo‘lib, endilikda bu yerda uch xonali va ikki xonali ikkita villaga rasman egalik qilmoqda.

The Red Sea Residences bosh direktori Jon Pagano Ronaldu va Rodrigesni kutib olishdan mamnun ekanini bildirib, ularning tanlovi hududning hashamat, maxfiylik va tabiat bilan uyg‘unligiga yuqori baho ekanini yana bir bor tasdiqlashini aytgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ronaldu Qizil dengiz sohilidan 2 ta hashamatli villa sotib oldi