Munisa Rizayeva qachon konsert beradi va uning rejalari qanday?

Munisa Rizayeva rejasiga ko'ra, 2026 yilda “Humo Arena”da bir kunlik konsert berishi mumkin. Xonanda hozir barcha e'tiborini kichkina farzandiga qaratgani va u sal kattaroq bo'lgach, sahnaga qaytishini aytdi. Konsert katta shou shaklida emas, faqat bir kun o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
So‘nggi paytlarda muxlislarni eng ko‘p qiziqtirgan savollardan biri — Munisa Rizayeva qachon konserti bilan sahnaga qaytadi? Xonanda bu savolga ochiq va samimiy javob berdi.
Uning aytishicha, hozircha barcha e’tiborini farzandiga qaratgan.
“Menda kichkina farzandim bor. Hozir unga juda kam vaqt ajratayapman. Shu sababli sal kattaroq bo‘lib olsin, keyin sahnaga qaytaman”, — deydi xonanda.
Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, agar hammasi reja bo‘yicha ketsa, 2026 yilda konsert bo‘lishi mumkin. Eng qizig‘i, u buni katta shou sifatida emas, balki faqat bir kunlik va “Humo Arena” sahnasida o‘tkazishni rejalashtiryapti.
“Hudo xohlasa, 2026 yil. Ko‘ramiz. Lekin konsert "Humo"da bo‘ladi va faqat bir kun”, — deya yakunladi xonanda.
Qisqasi, muxlislar sabr qiladi, ammo qaytish — shov-shuvli bo‘lishi aniq.































Izohlar 0
…