
Dunyoga mashhur Call of Duty o‘yinlar seriyasi yaratuvchilaridan biri, 55 yoshli Vins Zampella Kaliforniyadagi dahshatli avtohalokat oqibatida halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, fojea 21 dekabr kuni San-Gabriel tog‘lari hududida sodir bo‘lgan. Zampella boshqaruvidagi qizil Ferrari tunneldan yuqori tezlikda chiqib, beton to‘siqqa uriladi va avtomobil yonib ketadi. Mashinada bo‘lgan yo‘lovchi ham shifoxonada vafot etgan.
Vins Zampella videoo‘yinlar sohasida ulkan iz qoldirgan shaxs sifatida tanilgan. U Infinity Ward studiyasining hammuassisi, shuningdek, Respawn Entertainment rahbari bo‘lgan. Aynan uning rahbarligida Call of Duty seriyasining eng mashhur qismlari, jumladan Modern Warfare yaratilgan. Bugunga kelib, ushbu o‘yinlar dunyo bo‘ylab 500 milliondan ortiq nusxada sotilgan.

Shuningdek, u EA Games’da faoliyat olib borib, Battlefield, Medal of Honor va Titanfall kabi mashhur loyihalarda ham ishtirok etgan.
Kompaniya rasmiy bayonotida ta’kidlanishicha, Zampellaning videoo‘yinlar sanoatiga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib, uning ijodi va merosi hali uzoq yillar davomida millionlab o‘yinchilarni ilhomlantirishda davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.