date

“Avval bloger, keyin xonanda?” — Munisa Rizayevadan keskin fikr

“Avval bloger, keyin xonanda?” — Munisa Rizayevadan keskin fikr

Munisa Rizayeva “Shaxsiy chegara” loyihasidagi suhbati davomida bugungi kunda keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biri — blogerlarning qo‘shiqchilikka kirib kelishi haqida o‘z fikrini bildirdi.

Suhbat davomida unga: “Bugungi blogerlar avval vinelar orqali mashhurlikka erishib, keyinchalik qo‘shiq aytishni boshlayapti. Siz bunga qanday qaraysiz?” degan savol berildi.

Xonanda bu holatga ancha tanqidiy yondashib, har bir sohaning o‘z mutaxassislari bo‘lishi kerakligini ta’kidladi:

“Aytishadiku, ‘chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin’ deb. Men bunga salbiy qarayman va qarshiman,” — deya javob berdi u.

Munisa Rizayevaning fikricha, san’at — jiddiy yondashuv, mehnat va mahorat talab qiladigan soha bo‘lib, unga kirib kelish uchun nafaqat mashhurlik, balki haqiqiy iste’dod va tayyorgarlik ham zarur.

Uning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham turlicha munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Avval bloger, keyin xonanda?” — Munisa Rizayevadan keskin fikr