Munisa Rizayeva tug‘ruq uchun nega aynan Argentinani tanlaganini ochiqladi

Xonanda Munisa Rizayeva farzandini nega Argentinada dunyoga keltirgani haqidagi savollarga javob berdi. Intervyularidan birida san’atkor ushbu qaror ortida turmush o‘rtog‘ining tavsiyasi va shifokorlarga bo‘lgan ishonch turganini aytdi.
Munisa Rizayevaning so‘zlariga ko‘ra, u homilador bo‘lgan paytda 38 yoshda edi va har bir qarorni jiddiy o‘ylab qabul qilgan. Xonanda turmush o‘rtog‘i unga Argentinadagi kuchli tibbiyot tizimi va tajribali professorlar haqida gapirib berganini aytib o‘tdi.
“Ho‘jayinim “Munis, Argentina tug‘ruq bo‘yicha no‘mer-1, juda zo‘r shifokorim bor, ko‘p tanishlarimiz o‘sha yerda operatsiya bo‘lishgan va tug‘ishgan” dedilar. Men ham u kishining gaplarini e’tiborsiz qoldirmadim”, — dedi xonanda.
Munisa Rizayeva Argentinadagi tug‘ruq jarayoni juda yengil o‘tganini ham ta’kidladi. Uning aytishicha, operatsiyadan ikki soat o‘tib o‘zini yaxshi his qilgan va palatada bemalol yurgan.