Shahram G‘iyosov ilk mag‘lubiyatidan keyin muxlislarga murojaat qildi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasida WBA Regular chempionlik kamari uchun kechgan jangda britaniyalik Jek Katterallga imkoniyatni boy berdi. Ushbu jang G‘iyosov faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat sifatida qayd etildi.
Bellashuvdan so‘ng bokschi ijtimoiy tarmoq orqali muxlislariga murojaat qildi. U qisqa, ammo samimiy xabari bilan qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorlik bildirdi.
“Nima bo‘lishidan qat’i nazar, Alhamdulillah. Hammaga katta rahmat. Biz kuchli bo‘lib qaytamiz”, — deb yozdi Shahram G‘iyosov.
Muxlislar va sport ixlosmandlari esa bokschini qo‘llab-quvvatlab, mag‘lubiyat sportning bir qismi ekanini ta’kidlashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda G‘iyosovning yana kuchliroq qaytishiga ishonch bildiruvchi izohlar ko‘plab yozilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!