«Kaabil» filmida ko‘zi ko‘rmaydigan odamni o‘ynagan Ritik Roshan vafotidan so‘ng ko‘zlarini Mumbaydagi ko‘z shifoxonalaridan biriga qoldirishga qaror qildi. Bu haqda undan tibbiyot muassasasi direktori iltimos qildi.
«Men Rakesh Roshan bilan bog‘landim va Ritikdan muguz pardasini klinikaga ehson qilishini so‘radim, — deydi doktor Nataraji. — Rakesh Ritikning anchadan beri shuni o‘ylab yurganini aytganida, xursand bo‘ldim. Keyin Ritik bilan gaplashdim. U meni tug‘ilgan kuniga taklif qildi va o‘sha kuniyoq va’dasini bajardi. Ritik bu axborotdan va uning ismidan bu muammoga odamlarning e’tiborini jalb qilib, yangi donorlarni topishda foydalanishimga ruxsat berdi».
Ritik hayot ekan, uning ko‘zlariga hech kim tegmaydi, albatta. Donorning muguz pardasini faqat vafotidan so‘ng olishadi, ammo buning uchun tirikligidayoq ruxsat olish zarur.
Doktor Natarajining aytishicha, uning markazida 200 000 ta donorlik muguz pardasiga ehtiyoj bor, ammo ko‘pi bilan 30 000 ta yig‘ishga muvaffaq bo‘lishadi. Bu xayrli ishga Ritik Roshan qo‘shilgandan so‘ng kasalxona butun mamlakat bo‘ylab keng axborot kampaniyasini boshlashni va kerakli miqdorda donorlarni jalb qilishni rejalashtiryapti.
Darvoqe, mashhur donorlar orasida Ayshvariya Ray, Amitabx va Jaya Bachchan, Rani Mukerji hamda Xema Malini ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi