
Ba’zida film yoki serialda birgina sahna butunlay xotiramizda muhrlanib qoladi. Bu nafaqat aktyorlar ijrosi yoki dialoglar, balki ular fonida turgan go‘zal manzaralar sababli ham bo‘lishi mumkin. Quyida aynan mashhur filmlar suratga olingan real lokatsiyalar haqida batafsil ma’lumot beramiz. Ularning ba’zilariga hattoki sayohat qilish ham mumkin.
“Taxtlar o‘yini” — Irlandiya va Ispaniyadan afsonaviy Vesterosgacha


Shimoliy Irlandiyada joylashgan Uord qal’asi filmda Starklar qarorgohi sifatida tanilgan. Bu tarixiy inshoot asli Daun grafligida, Strangford-Lokh ko‘rfazi bo‘yida joylashgan.


Serialda Deeneris Targaren ilk bor Vesterosga qadam qo‘yadigan joy — San-Xuan-de-Gastelugache oroli. U Ispaniya qirg‘oqlari yaqinida, qoyali hududda joylashgan va quruqlikka ko‘prik bilan ulanadi.
“Andisha va g‘urur” — Romantik izhor ostida tarixiy ibodatxona


2005 yildagi “Pride and Prejudice” filmidagi eng mashhur epizodlardan biri — janob Darsining Elizabetga ilk marta sevgi izhor qilgan sahnasi. Bu lavha Angliyaning Uiltshir grafligidagi Stourhead bog‘laridagi Apollon ibodatxonasida yomg‘ir ostida suratga olingan.
“Joker” — Barcha eslab qolgan zinapoya aslida qayerda?

Filmda Jokerning mashhur raqsi suratga olingan zinapoya Nyu-Yorkning Bronks tumanida, Shekspir va Anderson xiyobonlari oralig‘ida joylashgan. Bu joy hozirda nafaqat turistlar, balki film muxlislari uchun ham afsonaga aylangan manzil.
“Dune” — Imperator saroyi Italiyadagi arxitektura durdonasi asosida

2024 yilda suratga olingan “Dune: Ikkinchi qism” filmidagi Kaiten sayyorasidagi imperator qarorgohi — aslida Italiyaning San-Vito-d’Altiyovle shahridagi Brion yodgorligida jonlantirilgan. 1970-yillarda me’mor Karlo Skarpa tomonidan yaratilgan bu joy avval boshqa kinolarga ruxsat berilmagan. Ammo bu gal, Gerbert romanining muxlisi bo‘lgan Brion oilasi a’zosi sababli, suratga olishga ruxsat berilgan.
“Interstellar” — Olamdan yiroq, muzlikdagi sirli sayyora

Isroildagi Vatnayokull milliy bog‘idagi Svinafellsjokull muzligi filmda doktor Mann yashagan sayyora sifatida tasvirlangan. Bu joyning o‘ziga xos relefi va hayotsiz ko‘rinishi galaktika tashqarisidagi muhitni real tarzda aks ettirishga yordam bergan.
“Oq nilufar” — Monastirdan mehmonxonaga aylangan kinofon


Sitsiliyaning Taormina shahrida joylashgan San Domenico Palace mehmonxonasi “Oq Nilufar” serialining 2-mavsumida asosiy joy sifatida ko‘rinadi. Ilgari bu bino monastir bo‘lgan, ammo 1896 yildan boshlab hashamatli mehmonxonaga aylantirilgan. Sahnalar yaqin atrofda olingandek ko‘rinsa-da, aslida ayrim sahnalar Chefalu shahrida, 2,5 soatlik masofada tasvirga tushirilgan.
“Bridjertonlar” — London ko‘chalarini eslatuvchi Bat shahridagi maydon


Angliyaning Bat shahridagi Bofort maydoni — Georgiy uslubida qurilgan ikki qavatli uylar va markaziy maydon bilan “Bridjertonlar” serialining muhim sahnalarida fon sifatida ishlatilgan. Masalan, Penelopa va Eloiza o‘zaro sirli suhbatlashgan lavha aynan shu yerda tasvirga tushgan.
“Bridjit Jons” — Tor ko‘chadan yurakni junbushga keltirgan izlar

Londonning Temple tumanidagi Middle Temple Lane ko‘chasi — “Bridjit Jons” filmidagi asosiy manzillardan biri. Bu tor, romantik ruhdagi ko‘cha Mark Darcining ofisi joylashgan bino tomon olib boradi va hozir ham film ixlosmandlari orasida mashhurligini yo‘qotmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar