
Janubiy Koreyaning mashhur aktyori Li Min Xo 38 yoshga to‘lishi munosabati bilan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tug‘ilgan kuni munosabati bilan olgan sovg‘alarga to‘la xonaning suratlarini joylashtirdi. Gullar, sharlar, brend buyumlar va qimmatbaho sovg‘alar aks etgan ushbu lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tez orada katta rezonans uyg‘otdi.

Aytish joizki, Li Min Xo har yili tug‘ilgan kunida muxlislari tomonidan minnatdorlik va muhabbat bilan yuboriladigan bunday sovg‘alarni e’lon qilib boradi. Bu gal ham u o‘zining sodiq muxlislariga minnatdorchilik bildirib, bunday e'tiborni qadrlashini aytdi.
Biroq bu yondashuv Koreya jamoatchiligi orasida ikki xil munosabatni yuzaga keltirdi. Ijobiy fikrlar bilan bir qatorda tanqidlar ham kuchaydi.
Ayrim internet foydalanuvchilari aktyorning o‘z darajasida bunday sovg‘alarni qabul qilishi noo‘rin deb hisoblamoqda. Ular fikricha, mashhur insonlar sovg‘alarni rad etib, ko‘proq e’tiborga ahamiyat berishlari kerak. Chunki bu holat ko‘pchilikda kambag‘al muxlislar o‘zidan boy aktyorga sovg‘a olayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda.
Ba’zi tanqidchilar esa bu kabi ochiqchasiga ko‘rsatilgan sovg‘alar orqali u keyingi yil undan ham ko‘proq sovg‘alar kutayotgandek taassurot qoldirayotganini aytishmoqda. Hatto buni “hurmatsizlik” deb atayotganlar ham bor.
Tanqidchilar aktyor Pak Bo Gom va G-Dragon’ni misol keltirib, ularning muxlislardan moddiy sovg‘alarni qabul qilmaslikka qaror qilgani uchun ko‘proq hurmat qozonayotganini ta’kidlashmoqda. Bu yondashuv ularni yanada kamtar va real inson sifatida ko‘rsatgan.
Biroq aktyorning sodiq muxlislari bu fikrlarga qo‘shilmaydi. Ular uchun bunday sovg‘alar — yillar davomida qozonilgan mehr va sadoqatning belgisi, aktyorga bo‘lgan muhabbatning tabiiy ifodasidir. Ular bu an’anani davom ettirishga tayyorligini, bu orqali aktyor bilan chin dildan aloqada bo‘lib turishni xohlashlarini aytishmoqda.

Li Min Xo esa bu tanqidlarga hali javob bergani yo‘q. U kelasi yili bunday an’anani davom ettiradimi yoki muxlislar va jamoatchilik tanqididan xulosa chiqaradimi — vaqt ko‘rsatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar