Foto: «Daryo»
26 yanvar kuni Moskva davlat Kreml saroyida an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan «Romansiada yulduzlari» xalqaro gala-konsertida O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Ramiz Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etadi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.
Dunyoning yigirmadan ziyod mamlakatidan qatnashishi kutilayotgan jahon operasining eng yorqin vakillari musiqiy kechasida Ramiz Usmonov ispaniyalik taniqli bastakor Agustin Laraning «Granada» nomli qo‘shig‘ini ijro etadi.
Shuningdek, xonanda 27 yanvar kuni Moskva shahridagi «Romanschilar uyi» konsert zalida o‘zining «Mening quyoshim» deb nomlangan yakkaxon konsertini opera ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi. Mazkur dasturda Ramiz Usmonov jami 16 ta qo‘shiq va ariyalar kuylashi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ramiz Usmonov 2008 yilda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan «Romansiada – 2008» xalqaro tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, u shu kunga qadar Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon. Belorussiya, Qozog‘iston singari mamlakatlarda o‘tkazilgan xalqaro musiqiy tanlov, festivallarda qatnashib, yuqori o‘rinlar va o‘z muxlislarini topishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi