Vidyut Jamvall
Foto: Google Images
Hindistonning eng yirik kino kompaniyalaridan biri hisoblangan Panorama Studios O‘zbekistonda «Khuda Hafiz» nomli romantik jangari filmni suratga olish ishlari davom etmoqda. Bu haqda «Daryo»ga «O‘zbekkino» matbot xizmati ma’lum qildi.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Film rejissyor Faruk Kabir tomonidan suratga olinmoqda. «Khuda Hafiz» filmini suratga olishda qatnashish uchun Hindistondan 130 kishi hamda AQSh, Rossiya va qator Yevropa mamlakatlaridan 30 kishi O‘zbekistonga kelgan. Filmni suratga olish ishlari 14 oktyabrda boshlangan edi. Ushbu loyihada Muqimiy teatrining mahoratli aktyori Otabek Haqberdiyev ham suratga tushmoqda.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Shu bilan birga ijodiy jarayonda O‘zbekistondan ham aktyorlar, texnik xodimlar jalb qilingan. O‘zbekistondagi suratga olish ishlari byudjeti salkam bir million dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkent va Xiva shaharlarida suratga olinadi. Shundan so‘ng ijodiy guruh o‘z ishini Hindistonda davom ettiradi.
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Foto: «O‘zbekkino» matbuot xizmati
Ma’lumot uchun, «Khuda Hafiz» filmi romantik-ekshn janrda bo‘lib, bosh rolni Vidyut Jamvall ijro etmoqda.
Kinokartina haqidagi dastlabki ma’lumotlarni filmning menejeri, kinotanqidchi Taran Adarsh Twitter sahifasida chiqargan. Film syujetiga hayotiy voqealar asos qilib olingan. Kartina premerasi 2020 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?