10 341
«Yagona iltimosim — bizni tinch qo‘yishsin». Rayhon Yigitali va Muqaddasga baxt tiladi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyeva «Milliy» telekanalining «Nishonda» dasturiga bergan intervyusida sobiq turmush o‘rtog‘i Yigitali Mamajonov bilan nima sababdan ajrashgani haqida gapirdi.
- Aslida biz umuman bir-biriga o‘xshamaydigan, turli qarash va prinsiplarga ega insonlarmiz. Turmush qurishimizga barcha qarindoshlarimiz qarshi edi. Ular inson ko‘ngliga yaqin, so‘zlashish uchun umumiy mavzulari bor insonni umr yo‘ldosh sifatida tanlash kerakligini aytgandi.
Shuningdek, ikki inson turmush qurishi uchun ular oilada bir xil tarbiya topgan bo‘lishi ham kerak. Bir-biriga har jihatdan mos bo‘lishi kerak. Biz esa butunlay boshqa-boshqa odamlar edik. Shuning uchun ham murosa qila olmadik.
Lekin hozir, fikrimcha, Muqaddas (Sa’dullayeva) — Yigitaliga juda ham mos. Ularni juda yaxshi juftlik deb bilaman. Men ularga chin dildan baxt tilayman. Eshitishimcha, ular ikki farzandli ham bo‘libdi. Baxtli bo‘lishsin.
Ulardan yagona iltimosim — bizsiz baxtli bo‘lishsin. Bizni tinch qo‘yishsin. Men har doim farzandlarim uchun qayg‘uraman. Ertaga ular katta bo‘ladi. Ularning qulog‘iga turli gap-so‘zlar, g‘iybatlar yetib kelishini xohlamayman, deydi Rayhon G‘aniyeva.
Xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014 yilning may oyida esa Rayhon egizak farzandlarni dunyoga keltirgan, ularga Islom va Imron deb ism qo‘yilgan edi.
2016 yilning may oyida Yigitali Mamajonov va Rayhonning nikohi rasman bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. 2016 yilning 29 oktabr kuni Rayhon aktyor va boshlovchi Farhod Alimov bilan ikkinchi marta turmush qurdi.
Yigitali bu orada chimkentlik Nigina ismli qiz bilan turmush qurib, qiz farzand ko‘rdi, ko‘p o‘tmay aktyorning bu turmushi ham o‘xshamagani oydinlashdi. 2018 yil dekabrida Yigitali aktrisa Muqaddas Sa’dullayevaga uylangani ma’lum bo‘ldi. Yigitali va Muqaddas ikki farzandli bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi