13:30 / 07.04.2020
9 153

«Sen mudom qalbimdasan». Fotima Rejametova marhum qizi Farangizga atab qo‘shiq kuyladi (video)

«Sen mudom qalbimdasan». Fotima Rejametova marhum qizi Farangizga atab qo‘shiq kuyladi (video)
Foto: Instagram / @rejametovaf
Aktrisa Farangiz Rejametova hayot bo‘lganida 7 aprel kuni 27 yoshga kirgan bo‘lardi. Marhumaning onasi, aktrisa Fotima Rejametova ushbu sana munosabati bilan Farangizga atab rus tilida qo‘shiq kuyladi.

«7 aprel, qadrli qizim, bugun sening tug‘ilgan kuning. 27 yoshga kirding. Aynan shunday ajoyib bahor kunida sen tug‘ilib, meni cheksiz baxtli qilgansan. Bu baxtni sen sovg‘a qilgansan. Sening noodatiy latofatli bo‘lishingni bilardim. Jonim qizim, adashgan ekanman. Sen samimiy, ochiqko‘ngil, istarali, ta’sirchan va soda qiz bo‘lding. Sen — mukammallikning o‘zginasisan. Bunday sovg‘a uchun Yaratganga behisob shukur. Sen uzoqlardasan. Deraza oldida turib, senga ushbu qo‘shiqni kuylayapman. Bu mening senga sovg‘am. Bu men senga qila olishim mumkin bo‘lgan eng kichkina narsa. Farishtam mening, seni judayam yaxshi ko‘raman, meni o‘z onang sifatida tanlaganing uchun minnatdorman. Sen mudom qalbimdasan», — deb yozadi aktrisa.
View this post on Instagram

Моя дорогая доча. Сегодня твой день рождения. Тебе 27 лет. Именно в этот чудесный весенний день ты родилась и сделала меня бесконечно счастливой. И это ты подарила мне счастье. Я знала, что ты будешь необыкновенно красивой. Родная моя, я ошиблась. Ты оказалась безупречной, душевной, обаятельной, трогательной и наивной. Ты – само совершенство. Я безмерно благодарна Всевышнему за такой подарок. Ты – далеко… А я стою у окна, вижу твои родные глаза перед собой и пою тебе эту песню. Это мой подарок. И это самая малость, что я хочу и могу сделать для тебя. Ангел мой, я так тебя люблю, и я благодарю, что ты выбрала меня своей мамой. Приготовить этот подарок мне помогли друзья. Саша Колмагоров (Сашака, как ты его называла) написал стихи к песне. Автор музыки - Адхам Абдураимов. Хусанчик Салихов собрал клип. А я ее спела. И все это для тебя, моя любимая, единственная доча! Ты – всегда в моем сердце! @rejametovafatima @rejametovaf @rejametovf

A post shared by Фарангиз Режаметова (@rejametovaf) on


Eslatib o‘tamiz, aktrisa Farangiz Rejametova 2018 yilning 20 iyulida 25 yoshida avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan edi. U Zulfiqor Musoqovning «Oyijon» filmidagi ijrosi bilan tomoshabinlarga tanilgan. Farangiz «Sehrli qalpoqcha», «Uy bekasi» kabi o‘nlab kino va seriallarda ham rol ijro etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Sen mudom qalbimdasan». Fotima Rejametova marhum qizi Farangizga atab qo‘shiq kuyladi (video)