07:07 / 31.08.2020
5 470

Fathulla Mas’udov 57 yoshda vafot etdi

Fathulla Mas’udov 57 yoshda vafot etdi
O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udov 57 yoshida koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi jamoasi Fathulla Ma’sudovning oila-a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi, deyiladi xabarda.

Fathulla Mas’udov 1963 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2015 yildan buyon O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimida ishlab kelayotgandi. 1999 yili «Shuhrat» medaliga sazovor bo‘lgan, 2003 yili «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» unvoni bilan mukofotlangan. 2014 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Fathulla Mas’udov 57 yoshda vafot etdi