
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qarorni imzoladi. Endilikda agrar soha vakillari moyli ekinlar yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun yillik 12 foiz stavkada imtiyozli kredit olishlari mumkin bo'ladi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab yem-xashak va moyli ekinlar yetishtiradigan fermerlarga sug'orish uchun sarflangan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizi davlat byudjetidan qoplanadi. Bundan tashqari, 2025-yil 1-noyabrdan 2030-yil 31-dekabrgacha Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tadbirkorlarning kreditlar bo'yicha xarajatlarining bir qismini qoplashni amalga oshiradi.
Ushbu ko'mak bazaviy stavkadan 4–10 foiz yuqori bo'lgan so'mdagi kreditlarga va 8 foizdan yuqori bo'lgan xorijiy valyutadagi kreditlarga ham tegishli bo'ladi.
Qishloq xo'jaligiga davlat ko'magi kuchaytiriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar