
Kelasi yil boshidan boshlab O'zbekistonda yangi davlat ijtimoiy sug'urtasi tizimi joriy etiladi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev farmonida belgilangan.
Fuqarolar majburiy va ixtiyoriy asosda ijtimoiy sug'urta bilan qamrab olinadi. Majburiy sug'urta daromad solig'ining bir qismi hisobidan amalga oshiriladi.
Uning miqdori har yili davlat byudjeti to'g'risidagi qonun bilan tasdiqlanadi. Ixtiyoriy sug'urta esa fuqarolar tomonidan o'z mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oylik sug'urta badali eng kam ish haqining 5 foizini tashkil qiladi. Fuqarolarga sug'urta bo'yicha to'lovlar ularning minimal sug'urta stajiga va Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasiga to'langan badallariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, nafaqa to'lovlarining proaktiv shakli joriy etiladi. 2026 yil boshidan homilador ayollar, 1-iyuldan esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo'yicha nafaqa to'lovlari uchun ushbu tizim amaliyotga kiritiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar