
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Jahon savdo tashkiloti (JST) masalalari bo‘yicha vakil Azizbek Uronovning ma’lum qilishicha, Toshkent JSTga qo‘shilish bo‘yicha Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi. Uronovning ta’kidlashicha, respublikaga endi uchta davlat bilan muzokaralarni o‘tkazish qolgan, lekin u mazkur davlatlar ro‘yxatini ochiqlamadi.
Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli tamomladi. Sentyabr oyida esa Argentina, Avstraliya va Gonduras bilan muzokaralar yakunlanib, kelishuvlarga erishilgan edi.
JST rahbari Ngozi Okonjo-Iveala sentyabr oyi oxirida O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish uchun muzokaralar yakuniga yetib qolgani haqida ma’lumot bergan edi. Unga ko‘ra, 2026 yil bahoriga kelib O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayoni to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.
JST 1995 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Tashkilot mamlakatlar o‘rtasida tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk huquqlari savdosini tartibga solishni maqsad qilgan.
JST savdo to‘siqlarini olib tashlash, bozorlar uchun adolatli kirishni ta’minlash hamda savdo nizolarini hal qilishga ko‘maklashadi. 2024 yilning avgust oyi oxiriga kelib, JST tarkibida 166 davlat bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar