
Turkiyaning Heyal Holding kompaniyasi Farg'ona viloyatida qiymati $350 million bo'lgan sanoat zonasini barpo etishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha yuzasidan Farg'ona rahbariyati turk investorlar bilan muzokaralar olib bordi.
Sanoat zonasida do'konlar, ko'rgazma zallari, mehmonxonalar kabi jami 15 ta obyekt qurilishi rejalashtirilgan. Loyiha doirasida ishlab chiqarish binolari ko'p qavatli va zamonaviy “aqlli tizimlar” asosida barpo etiladi.
Elektr energiyasidan samarali foydalanish uchun quyosh panellari o'rnatilishi, ekologik tozalikni ta'minlash maqsadida esa chiqindilarni qayta ishlash tizimi joriy etilishi ko'zda tutilgan. Hokimiyat ma'lumotiga ko'ra, yaqin kunlarda loyiha materiallarini tayyorlash va qurilishni boshlash uchun mutaxassislar Farg'onaga yetib keladi.
Muzokaralar yakunida viloyat hokimligi va Heyal Holding o'rtasida hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.
Farg'onada $350 millionlik sanoat zonasi quriladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar