date

Mirziyoyevning C5+1 sammitidagi tashabbuslari


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh yetakchilarining «C5+1» formatidagi sammitida ishtirok etdi. Ushbu sammit Oq uyda bo‘lib o‘tdi va unda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmaniston rahbarlari ham qatnashdi.

Mirziyoyev hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. Ular orasida «C5+1» formati uchun Sekretariat tashkil etish, Koordinatsion investitsiya kengashini tuzish va mintaqaviy investitsiya fondini ishga tushirish takliflari bor.

Prezident, shuningdek, AQSh bilan Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz va Yevropadagi davlatlar bilan bog‘laydigan yirik transport-kommunikatsiya hamda energetika loyihalarini amalga oshirishda faol hamkorlik qilishni taklif etdi. Bundan tashqari, kritik minerallar bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etish g‘oyasi ham ilgari surildi.

Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. U agrotexnologik innovatsiyalar bo‘yicha AQSh tajribasidan foydalangan holda Mintaqaviy hamkorlik tashabbusini yaratishni taklif qildi.

Sammit yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev keyingi «C5+1» sammitini Samarqandda o‘tkazishni taklif etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyevning C5+1 sammitidagi tashabbuslari