date

O‘zbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona bor

O‘zbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona bor
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Kutubxonalar fondida jami 85 million nusxa kitob va jurnal mavjud. Ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 12,8 million kishiga yetgan.

Shularning qariyb 78 foizini yoshlar tashkil qiladi: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar 31,6 foizni, 15-24 yoshdagi o‘smir va yoshlar esa 45,9 foizni egallaydi. Eng ko‘p kutubxona Farg‘ona viloyatida joylashgan bo‘lib, ularning soni 2,1 mingtani tashkil etadi.

Keyingi o‘rinlarda Samarqand (1,9 ming) va Qashqadaryo (1,5 ming) viloyatlari turadi. Umumiy hisobda barcha ta’lim muassasalari kutubxonalari va idoralar qoshidagi axborot-kutubxona markazlari ham kiritilgan.

Shuningdek, joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida «Turon kitob bekati» loyihasi ishga tushirildi. Loyihaga ko‘ra, bir nechta metro bekatlarida kitob javonlari o‘rnatilib, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsad qilingan.

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bunday kitobxonlik zonalari boshqa metro yo‘nalishlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 15 mingga yaqin kutubxona bor